Giyohvandlik vositasini poytaxtdan Fargʻonaga olib ketayotgan “narkokurer”lar ushlandi

    Voqea-hodisalar 8 Iyun 2025 439

    Holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan nezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi, 1998-y.t. shaxs qoʻshni davlatdan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan, “gashish” giyohvandlik moddasini Bekobod shahridagi yashirib qoʻyilgan joyidan olib, Qoʻqon shahrida yashovchi xaridorga olib ketayotgan vaqtida qochishga uringan ikki shaxs ham daliliy ashyo bilan qoʻlga olindi.

    Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu giyohvandlik moddasi narkokurer tomonidan kontrabanda yoʻli bilan “zakladka” koʻrinishida koʻmib ketilganligi aniqlandi.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.