Joriy yilning 18-iyun kuni soat taxminan 18:40larda Buxoro shahri narkologiya markazida xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan nazorat oʻtkazish punktida ushbu muassasada davolanayotgan bemor T.O.dan xabar olishga kelgan buxorolik 32 yoshli fuqaro toʻxtatib tekshirildi.
Bu haqda Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.
Tekshiruv jarayonida bemor uchun olib kelingan narsalar koʻzdan kechirilganda, kefir mahsuloti idishiga joylangan tibbiyot shpris ichida 6 gramm “krokodil” nomli giyohvandlik moddasiga oʻxshash suyuqlik borligi aniqlangan.
Mazkur holat boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, material va ashyoviy dalillar qonuniy chora koʻrilishi uchun ichki ishlar organiga topshirilgan.