Ular 298 gominidning miya hajmi so'nggi 50 000 yil ichida global harorat, namlik va yog'ingarchilikning tabiiy ko'rsatkichlariga qarab qanday o'zgarganini tahlil qilishdi.
Natijalar shuni ko'rsatdiki, global haroratning ko'tarilishi bilan miyaning o'rtacha hajmi sezilarli darajada qisqaradi. Pasayish hajmi 10,7 foizni tashkil etdi.
Olimlarning ta'kidlashicha, miyadagi o'zgarishlar darhol emas, balki iqlim o'zgarishidan bir necha ming yil o'tgach sodir bo'ladi.
Evolyutsiya jarayoni 5-17 ming yil davomida sodir bo'lgan. Olimlarning ta'kidlashicha, hozirgi global isish zamonaviy odam miyasining hajmiga ham ta'sir qilishi mumkin.
Olimlar odam miyasi hajmining o'zgarishini atrof-muhitdagi o'zgarishlar ta'sirida yuzaga keladigan stress bilan bog'lashdi. Ammo mazkur yondashuvlar qo'shimcha tadqiqotlarni talab qiladi, deb xabar beradi mir24.tv.