U suratga olish jarayonida prodyuser va aktyorning roli haqida gapirdi.
“Mening gaplarim birinchi marta oʻzbek tiliga tarjima qilinadi. Shunday boʻldiki, men Toshkentga tez-tez keladigan boʻlib qoldim. Uch oy oldin ham bu yerga “Sevgi maktublari” spektakli bilan tashrif buyurgan edik. Bu yer menga juda yoqadi, - dedi Gosha mehmonlarni qutlab.
Shuningdek, Gosha oʻzbek tilini oʻrganishni boshlashga vaʼda berdi.