Endilikda qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarib berish boʻyicha imtiyoz milliy valyutada eksport qilgan tadbirkorlarga ham tatbiq qilinishi maʼlum qilindi.

Goʻsht, sut va tuxum ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida 315 milllion dollar resurs yoʻnaltirilishi belgilandi. 

Bu mablagʻ chorva kompleksini tashkil qilish, qoramol olish, omuxta-yem chiqarish uchun milliy valyutada 17 foizdan 3-yil imtiyozli davr bilan 10-yilga beriladi.

Chorva xoʻjaliklarini aylanma mablagʻ bilan taʼminlashga ham 1 trillion soʻm imtiyozli kredit yoʻnaltiriladi. Ushbu kreditlarning 18 foizdan oshgan qismi Tadbirkorlik jamgʻarmasidan barcha tadbirkorlarga qoplab beriladi.