Vakillarimiz navbatdagi kun dasturida 9ta medal qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi. Shulardan 5tasi oltin medal boʻlsa, vakillarimiz yana 1ta kumush va 3ta bronza medallarini jamgʻarishdi. Shohsupaga koʻtarilgan sportchilarimiz:

Husniddin Norbekov (yadro uloqtirish F35) – Oltin (Tokio-2020ga litsenziyasi mavjud)
Mohigul Hamdamova (disk uloqtirish F57) – Oltin
Sabina Suxanova (yugurish T37) – Oltin
Nurxon Qurbonova (nayza uloqtirish F54) – Oltin
Natalya Semyonova (nayza uloqtirish F55) – Oltin
Muhammad Rexsimov (yadro uloqtirish F42) – Kumush
Abdulazizxon Abduhakimov (bosqon uloqtirish F32) – Bronza
Yorqin Odilov (nayza uloqtirish F57) – Bronza
Farruh Saidxoʻjayev (disk uloqtirish T11) – Bronza

Hozirgacha para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 9 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza, jami 16 ta medal qoʻlga kiritdi.

Bugun Gran-prining toʻrtinchi kunida quyidagi sportchilarimiz bahslarga kirishadi:

Mohigul Xamdamova – yadro uloqtirish
Sabina Suhanova – yugurish (100 metrga va 400 metrga)
Asila Mirzayorova – uzunlikka sakrash
Yoquthon Xolbekova – uzunlikka sakrash
Nurhon Qurbonova – nayza uloqtirish
Timur Giyazov – balandlikka sakrash
Miran Saxatov – uzunlikka sakrash
Omad Xasanov – balandlikka sakrash
Kubaro Xakmova – yadro uloqtirish
Maruf Muradullayev – yugurish (1500 metrga)