Yong'in Afinadan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan qishloqlardagi uylar va mehmonxonalarga yaqinlashib kelmoqda. Yong'inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

200 dan ortiq kishi va 60 ta maxsus texnika jalb etilgan. 15 ta samolyotdan turib yonayotgan joylarga suv sepilmoqda.

Yong'inni o'chirishda tutun, kuchli shamol va misli ko'rilmagan issiq harorat to'sqinlik qilmoqda. Gretsiyada ikkinchi haftadirki havo harorati 40 darajadan oshib ketmoqda. Bunday issiq ob-havo iyul oyining oxirigacha davom etadi, deb xabar beradi mir24.tv.