Bu haqda Misr Tashqi ishlar vazirligi 16-dekabr kuni o'zining Facebook sahifasida xabar berdi.
“Tashqi ishlar vazirligi 2025-yil 7-dekabr kuni qo'shni davlatlardan biridan Gretsiyaga yo'l olgan noqonuniy migrantlarni olib ketgan qayiqning cho'kib ketishini kuzatmoqda. Bortda turli mamlakatlardan kelgan 34 nafar noqonuniy migrant bo'lgan, jumladan, 14 nafar misrlik tirik qolmadi”, deyiladi nashrda.
Vazirlik qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi va fuqarolarni “hayotlarini xavf ostiga qo'ymaslik uchun noqonuniy migratsiya bilan shug'ullanuvchi to'dalarning vasvasasiga berilmaslikka” chaqirdi.
6-dekabr kuni Krit qirg'og'ida migrantlarni olib ketgan qayiq ag'darilib ketib, oqibatda 18 kishi cho'kib ketgandi. O'shanda ikki kishi qutqarilgandi, deb xabar berdi iz.ru.