Binoni rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash ishlari uchun 4 milliard so'mdan ortiq mablag' yo'naltirildi.
Mazkur bo'limni ish boshlashi, endokirinologik kasalliklar bilan kasallangan bemorlar uchun nihoyatda qul keldi. Endi ular boshqa tibbiy muassasalarga bormay bir vaqtning o'zida shu yerda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan, statsionar, ambulatoriya konsultativ-diagnostika tibbiy xizmat ko'rsatish turlaridan foydalanmoqda.
Bunda tibbiy xizmat turlari kafolatlangan paket doirasida yo'lga qo'yilib, paketga kiritilgan xizmat turlari bepul, kafolatlangan paketga kiritilmagan tibbiy xizmat turlari esa pullik asosida amalga oshirilmoqda.
Kelgusida Guliston tibbiyot klasteri faoliyatini yanada kengaytirish, uni yangi bo'limlarini 2023-2024-yil so'ngiga qadar ishga tushirish borasidagi ishlar boshlab yuborilgan.
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 74 milliard so'm pul mablag'i yo'naltirilgan. Bu ishlar nihoyasiga yetkazilgach, shu yerda barcha xizmat turlarini o'z ichiga olgan 3 qavatli konsultativ-diagnostika markazi, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini bajarishga ixtisoslashgan 5 qavatli xirurgiya bo'limi hamda klaster tarkibiga o'tishi kuzda tutilgan Sirdaryo viloyat Ko'z kasalliklar shifoxonasi shifokorlari tomonidan aholiga yuqori, sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish ishlari yo'lga qo'yiladi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi Matbuot xizmati.