Shu munosabat bilan bugun Guliston shahrida “Prezident saylovining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: Oʻzbekiston va xorij mamlakatlar tajribasi” mavzusida onlayn va oflayn shaklda xalqaro konferensiya boʻlib oʻtyapti.
Mazkur konferensiya Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi va Barqaror rivojlanish markazi va Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan.
Xalqaro konferensiyada parlament, sud tizimi, Markaziy saylov komissiyasi, mamlakatning yetakchi ilmiy-tahliliy markazlari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati instituti vakillari, shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturi, Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va Inson huquqlari boʻyicha Byurosi va Toshkentdagi diplomatik korpus vakillari ishtirok etyapti, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.