Bugun va hafta davomida Oʻzbekiston boʻyicha avgust oyining oxirgi oʻn kunligi uchun meʼyoriy qiymatlarga yaqin boʻlgan qulay harorat bilan asosan ochiq ob-havo saqlanib turadi. Kechalari harorat 12-17° dan yuqori boʻlmaydi, haftaning birinchi yarmida kunduz kunlari harorat 27-30° atrofida boʻladi, ish haftasining oxiriga kelib harorat 31-34° gacha biroz koʻtariladi.
Bugun va ertaga respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatiladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.