Payshanba kuni Oʻzbekiston boʻyicha ob-havo keskin oʻzgaradi. Mamlakatimizga Ural hududlaridan sovuq va biroz nam antitsiklon kirib keladi. 4-noyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Togʻli hududlarda yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Respublika shimolida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuni 4-noyabrda havo harorati 3-8° iliqqacha pasayadi.
Baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
5-noyabrda sovuq antitsiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Yogʻingarchilik faqat ayrim togʻli hududlarda saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 3-5° sovuqgacha, shimolda 7-10° sovuqgacha pasayadi, kunduz kuni harorat 3-8° iliqdan oshmaydi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.