Hamshiralar tayyorlash tizimi mutlaqo yangi tartib va yoʻnalishlarda yoʻlga qoʻyiladi

    Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishida ma’lum qilindi.

    Qayd etilganidek, 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab kollej va texnikumlarda kadrlar tayyorlash tizimi mutlaqo yangi tartib va yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiladi;

    birlamchi bo‘g‘in muassasalari uchun kollejlarda umumiy amaliyot hamshirasini tayyorlash 2 yillik dastur asosida amalga oshiriladi;

    texnikumlarda ixtisoslashtirilgan hamshiralar (xirurgiya, paramedik, anesteziologiya, fizioterapiya, feldsherlik, nur va funksional diagnostika, tibbiy profilaktika ishi, farmasevt assistenti, stomatologiya, ortopedik stomatologiya texnigi) 3 yillik dastur asosida tayyorlanadi;

    oliy ta’lim muassasalarida oliy malakali hamshiralar tayyorlash 4 yillik xalqaro o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi. Talabalar 2 yil O‘zbekistonda, 2 yil xorijda ta’lim oladi;

    2023 yil fevral oyidan boshlab 2-Respublika tibbiyot kolleji negizida shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha Saudiya Arabistonining «Al Habib akademiyasi» tashkil etiladi;

    Turkiyaning sog‘liq bilimlari universiteti bilan hamkorlikda Hamshiralar Akademiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

    Eng muhimi, shu yildan har bir kollej va texnikumga xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy qilish majburiyati yuklatiladi.