Davlatimiz rahbari Toshkent shahri tumanlari, viloyat markazlari va yirik shaharlarda daraxtlar va ekinlar mahalliy iqlimni inobatga olmasdan, pala-partish ekilayotgani bois kundan-kunga qurib borayotgani, tuman hokimlari obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini oʻz holiga tashlab qoʻygani, shahar koʻchalari chiqindiga toʻlib ketgani bilan hech kimning ishi yoʻqligini qattiq tanqid qildi.
Har bir mahallaga daraxtlarni parvarishlash uchun Jamoat ishlari jamgʻarmasi hisobidan 1 nafardan ishchi biriktirilishi belgilandi.
Tuman va shahar obodonlashtirish boʻlimlariga ajratilayotgan 10 mingta shtat doirasida har bir tuman (shahar) hududidan kelib chiqib 5 ta ishchidan iborat daraxtlarni saqlash boʻyicha guruhlar tashkil etiladi.