Shundan 13 ming 577 tasi bugungi kunga qadar koʻrib chiqilishi taʼminlandi. Koʻrib chiqilgan murojaatlarning 10 ming 192 tasi qanoatlantirildi.
Qabul qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda eng koʻp murojaatlar ish bilan taʼminlash va bandlik, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash (moddiy yordam), kommunal sohalar, sud-huquq, bank va kredit masalalarida boʻlgan.
Xalq qabulxonalarining sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar va deputatlar bilan hamkorligi pirovard natijasida Xalq qabulxonalariga 2021-yilda kelib tushgan murojaatlarning qanoatlantirilishi 2020-yilning mos davriga nisbatan 9 foizga, ijobiy hal qilish darajasi 10 foizga oshishiga erishildi.
Romitan tumanida joylashgan “Akbar Sarvinoz Servis” MCHJ joriy yil boshida faoliyatini kengaytirib qurilish ish oʻrinlarini kengaytirish maqsadida 150 million soʻm kredit olish uchun Agrobankning tuman filialiga hujjat topshirgan. Biroq bank xodimlari turli bahonalar qilib, uni 2 oy ovora qiladi. Soʻngra tuman Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan. Natijada murojaat ijobiy hal etiladi. Bank tomonidan 150 million soʻm miqdorida kredit ajratildi. Ayni kunda ajratilgan kredit hisobiga qoʻshimcha qurilish mahsuloti ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, yangi 6 ta ish oʻrni yaratdi.
2020-yilda aholi muammolarini oʻrganish va hal qilish, kam taʼminlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga yordam koʻrsatish, kelib tushgan murojaatlarni joyida oʻrganilishi va ijobiy hal qilinishini taʼminlash maqsadida deputatlar hamkorlik tizimi yoʻlga qoʻyilgan edi. Mazkur tizim asosida joriy yilda 166 ta murojaat oʻrganilib, shundan 123 tasi joyida ijobiy hal qilindi.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida viloyat Xalq qabulxonasiga ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Telegram) orqali murojaat qilish imkoniyati yaratildi.
Joriy yilda Xalq qabulxonalari tomonidan murojaatlar asosida «Mahallabay» oʻrganishlar oʻtkazilib, Buxoro viloyati boʻyicha aholi uchun dolzarb muammolari koʻp boʻlgan, 55 ta ogʻir va olis hududlar roʻyxatlari shakllantirildi.
Mazkur hududlarda mavjud muammolar bartaraf qilinishini taʼminlash maqsadida, Xalq qabulxonalari tomonidan sektor rahbarlarining sayyor qabullari tashkil qilindi. Aholi yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida, mazkur hududlarda keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Aholi xonadonlari taʼmirlanib, ichki yoʻllar shagʻallashtirilmoqda. Ehtiyojmand oilalarning turmush sharoitlarini yaxshilash boʻyicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu hududlardan 26 tasi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritildi.
Olot tumanidagi ogʻir va olis hududlar toifasiga kiritilgan tuman markazidan 25 km uzoqlikdagi Qirlishon mahallasida na chuchuk suv, na elektr toki va na tabiiy gaz bor edi. Obodonlashtirish davomida toza suv va elektr manbai yetib keldi. Qishloq vrachlik punkti oʻrniga MFY binosida 1 ta xona ajratilgan holda tibbiyot punkti tashkil etilgan. U yerda aholi salomatligini tiklash uchun umuman sharoitlar mavjud emas edi. Qirlishon mahallasida 30-son oilaviy poliklinikaning filiali binosi yangidan qurilish ishlari boshlandi. Bugungi kunda binoda pardozlash ishlari yakunlash arafasida.
Xalq qabulxonalari va sektor rahbarlari tomonidan dolzarb muammolari koʻp boʻlgan hududlarda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish, muammolarni joylarga borgan holda deputatlar va tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda joyida ijobiy hal qilinishini taʼminlash maqsadida, joriy yilda 1 ming 130 marotaba ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi. Oʻtkazilgan sayyor qabullarda 5 ming 776 ta masalaga oid murojaat kelib tushgan. Shundan 4 ming 620 tasi bugungi kunga qadar koʻrib chiqilishi taʼminlanib, 3 ming 676 tasi qanoatlantirildi.
Aholi muammolari sohalar kesimida «Mahallabay», «Fuqarobay» eng koʻp murojaat tushgan va muammolar hal etilmayotgan sohalar boʻyicha monitoringlar oʻtkazildi. Murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida hududdagi 67 ta davlat idoralari va tashkilotlarda joyiga borib oʻrganildi. 130 marotaba sektorlarda monitoringlar oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan 234 ta taqdimnoma va takliflar kiritildi. Shunga asosan kamchiliklar bartaraf qilinishi bilan bir qatorda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 170 nafar xodimi rasman ogohlantirildi. 50 nafar xodimga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi. 11 nafar xodimi egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 3 nafar xodimiga nisbatan jarima jazo choralari qoʻllanildi.
Xalq qabulxonalari tomonidan aholi muammolarini hal qilish borasida izchil ishlar davom ettirilmoqda. Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri yotibdi.
Erkin Qudratov,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri