Marafonda Keniya, Togo, Fransiya, Xitoy, Yaponiya, Pokiston, Filippin va Oʻzbekistondan 12 nafar sportchi 42 km 195 m masofani bosib oʻtdi. Jumladan, yurtimizdan Alimardon Sobirov, Denis Mambetov, Nurbek Husanov, Andrey Kulikov ishtirok etdi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad Orol dengizining ekologik halokati va suv resurslaridan oqilona foydalanish zarurligiga dunyo eʼtiborini jalb qilishdan iborat.
4:43:23 va undan yuqori natija qayd etgan sportchilar Orolboʻyi fojiasi naqadar jiddiy ekanini taʼkidlab, jahon hamjamiyatini suv resurslaridan oqilona foydalanishga chaqirdi.