Qayd etilishicha, Markaziy bank tomonidan aholi pul mablagʻlarini jalb qilishga qaratilgan firibgarlik sxemalari (“moliyaviy piramida”) alomatlarini aniqlash hamda ular haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tezkor xabar berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Respublika miqyosida har yilning noyabr oyi “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” deb eʼlon qilinadi
Kiberjinoyatlarning shakllari va ularni sodir etish usullari toʻgʻrisida ogohlantirish uchun internet va ijtimoiy tarmoqlardagi maqsadli (target) reklama xizmatidan bepul tarzda foydalaniladi.
Markaziy bank 2025-yil 1-sentyabrgacha quyidagi kechiktirib boʻlmaydigan choralarni amalga oshiradi:
— banklar, toʻlov tizimi operatorlari, toʻlov tashkilotlari hamda kredit byurolarining tranzaksiyalari va boshqa zaruriy maʼlumotlarini Markaziy bankning yagona platformasiga integratsiya qilish;
— Markaziy bankda markazlashgan antifrod tizimini hamda banklar, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarining antifrod tizimlarini joriy etishni yakuniga yetkazish.








