Sayyor qabulga Markaziy harbiy okrug, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamda boshqa tashkilot va idoralardan tegishli soha mutaxassislari jalb qilinib, sayyor qabulda harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda ularning oila aʼzolari ishtirok etdi.
Tadbirda Samarqand harbiy prokurori soʻzga chiqib, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga yaratilgan sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar hamda sayyor qabulni oʻtkazishning maqsadi haqida toʻxtalib oʻtdi.
Qabulda ishga joylashish, imtiyozli kredit asosida uy-joyga ega boʻlish, xizmat joyini koʻchirish, kredit olish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, tibbiy xizmat koʻrsatish va boshqa masalalarda 48 ta murojaat tinglanib, shundan 9 ta murojaat joyida qanoatlantirildi, 16 ta murojaat nazoratga olingan holda vakolatli tashkilotlarga yuborildi, 23 ta murojaatlarga esa atroflicha tushuntirishlar berildi.