Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan qabulda 100 nafarga yaqin davlat xizmatchilari ishtirok etdilar. Sayyor qabul viloyat hokimligi koʻmagida tashkil etildi.
Murojaatlarning aksar qismini davlat fuqarolik xizmatiga kirish, mehnat qonunchiligiga oid huquqiy maslahat, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish va ular uchun shart-sharoit yaratish yoʻnalishlariga oid masalalar tashkil qildi.
13 ta murojaat qabul chogʻida ijobiy yechimini topdi, 21 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi. Qoʻshimcha oʻrganishni talab qiladigan murojaatlarning yechimini taʼminlash boʻyicha oʻrganish ishlari olib boriladi.