My.gov.uzʻda 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnomani onlayn olish qulayligi yaratildi, deya xabar bermoqda Davlat xizmatlari markazi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoniga muvofiq, tibbiy maʼlumotnomalarni berish bosqichma-bosqich elektron shaklga oʻtkazilmoqda.

Endilikda tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarning transport vositasini boshqarishga yaroqliligi toʻgʻrisida beriladigan 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnomani olish uchun ushbu muassasalarga qayta borish shart emas.

Shunchaki, my.gov.uz orqali “Sogʻliqni saqlash” boʻlimidan kerakli xizmatni tanlab, 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnomani onlayn yuklab olish kifoya.

Maʼlumotnoma unda koʻrsatib oʻtilgan muddatgacha amal qiladi.

Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Mutlaqo bepul va qulay!