Joriy yilning 17-iyul kuni soat 04:10 larda Mirzo Ulugʻbek tumani Parkent koʻchasi Tapoich yoʻl oʻtkazgichida M.M. boshqaruvidagi davlat raqami 01 Y 304 LB boʻlgan Nexia 3 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotib yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa urilgan

YTH natijasida tan jarohat olganlar yoʻq.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Shu oʻrinda fuqarolardan yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlarini va harakat davomida hushyorlikni oshirishlarini soʻrab qolamiz", deyiladi xabarda.