Bu haqda ISRO rahbari Shridxara Paniker Somnatx ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.
“Odamning koinotga kema vositasidagi parvozi bilan bogliq mamlakatdagi ilk dastur – Gaganyan 2025-yil oxirigacha boshlanishi kutilmoqda”, dedi Somnatx ilg'or tadqiqotlarni rivojlantirish yo'lidagi xizmatlari uchun uni Adi Sankara Trust jamg'armasi mukofoti bilan taqdirlash marosimida.
“2035-yilga borib mamlakatda koinot stansiyasi bo'ladi. ISRO allaqachon Oydan namunalar olish uchun Chandrayan-4 ustida ishlamoqda”, deya qo'shimcha qildi u.