Hindiston dori vositalarini tartibga solish tizimini takomillashtirish uchun qariyb 80 mln AQSH dollari yoʻnaltiradi

    Hindiston sogʻliqni saqlash vaziri Mansux Mandavianing takidlashicha, 2021-2022-yillarda 89 ming dori namunalari sinovdan oʻtkazilgan va ularning 2500 dan ortigʻi standartlarga javob bermagan, 380 ga yaqini qalbaki ekanligi aniqlangan.

    Hindistonda 89 000 ga yaqin dori namunalari sinovdan oʻtkazilgan boʻlsa, 2 500 dan ortigʻi standartlarga javob bera olmagan. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Mansux Mandavia maʼlum qildi, deya xabar bermoqda Reuters. 380 ga yaqin namunalar soxta ekanligi aniqlangan.

    Hindiston hukumati Sogʻliqni saqlash vazirligiga dori vositalarini tartibga solish tizimini mustahkamlash, jumladan, yangi dori vositalarini sinovdan oʻtkazish uchun laboratoriyalar tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish uchun 80 million dollarga yaqin mablagʻ ajratdi.

    Soʻnggi 10 yil ichida Hindistonning farmatsevtika mahsulotlari eksporti ikki baravarga oshib, 2021-2022-yillarda 24,5 mlrd. dollarni tashkil etdi.

    Biroq Oʻzbekistonda 20 nafar, Gambiya va Indoneziyada 200 nafar bolaning tarkibida etilenglikol borligi aniklangan bolalar uchun isitmani tushiruvchi siroplarni qabul qilganligi sabab vafot etgani, Hindistonning “dunyo dorixonasi” obroʻsiga putur yekazdi, deb takidlaydi Reuters.

    The Hindu BusinessLine xabariga koʻra, Hindistonning Global Pharma Healthcare kompaniyasi ham oʻtgan haftada AQSHda nojoʻya taʼsirlarning 55 ta holati, jumladan, koʻz infeksiyalari, koʻrishning doimiy yoʻqolishi va bitta oʻlim holati qayd etilgani sababli koʻz tomchilarining barcha partiyalarini qaytarib olishga majbur boʻldi.

    Eslatib oʻtamiz, yanvar oyi oxirida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti dori ishlab chiqaruvchilarni xomashyo sifati va ishlab chiqarish jarayoni nazoratini kuchaytirishga chaqirgan edi. Hukumatlar sifatsiz va qalbaki dori vositalariga qarshi kurashish uchun qonunlar qabul qilishlari, shuningdek, norasmiy bozorlari ustidan nazoratni kuchaytirishlari kerak.