Tantanali kutib olingan tadbir mehmonlari ishtirokida universitetda tashkil etilgan “Hind o'quv xonasi”ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Mazkur xonaga Hindiston elchixonasi tomonidan zamonaviy va ko'p funktsiyali elektron doska, musiqa asboblari, hind va ingliz tillaridagi kitoblar va hind madaniyati bilan tanishtiruvchi suratlar taqdim etildi.
Endilikda ushbu o'quv xonasida yaratilgan sharoit orqali nafaqat Hindiston, balki boshqa xorijiy hamkor OTMlar bilan onlayn o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish mumkin.
Mehmonlar universitetda yaratilgan sharoitlar va Qatag'on qurbonlari muzeyini ko'zdan kechirishdi.