Fojia Odisha shtatida yuz berdi. Mutaxassislar shtat hududida ikki soat ichida 61 mingga yaqin chaqmoq oqimini qayd etgan.

Sinoptiklar yaqin kunlarda mamlakat sharqida ob-havo keskin yomonlashishi va kuchli yomg'ir yog'ishidan ogohlantirdi, deb xabar beradi mir24.tv.

Noqulay ob-havo hozirgi vaqtda Bengaliya ko'rfazida hosil bo'lgan kuchli havo oqimlari bilan bog'liq. Mahalliy PTI axborot agentligiga ko'ra, o'tgan yili Hindistonda deyarli 1000 kishi chaqmoq urishi oqibatida halok bo'lgan.