O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markaz direktor o‘rinbosari, biotexnologiyalar laboratoriyasi mudiri, b.f.d., prof. Alisher Abdullayev rekombinasiya RNK viruslari evolyusiyasining asosiy mexanizmi ekanini ta’kidladi.
– Bunday holatlar odam virusning ikki yoki undan ortiq variantini yuqtirganda sodir bo‘ladi. Rekombinasiya – bu virusning tashqi omillar ta’siriga, masalan, antivirus preparatlarini qo‘llash yoki inson tanasining himoya mexanizmlariga javobidir. Shu bois ham bunday gibrid viruslarning uchrashi tabiiy hol hisoblanadi.