Maʼlum qilinishicha, dunyo miqyosida ushbu kasallik 219 dan ortiq mamlakatda qayd etilgan boʻlib, bugungi kungacha kasallanganlar

163 mln 724 mingdan oshdi; 3mln 393 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Kasallanish koʻrsatkichlariga koʻra birinchi oʻrinni Hindiston davlati egallaydi, kunlik koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 281 860 nafarni tashkil etadi. Bu koʻrsatkich dunyo boʻyicha kasallanganlarning 53 foizini tashkil etdi. Hindistonda hozirgacha kasallanganlar qariyb 25 millionga yetdi.

Keyingi oʻrinda Braziliya davlatida murakkab epidemiologik vaziyat saqlanib qolmoqda. Kunlik kasallanish koʻrsatkichi 36 863 holatni tashkil etib, jami kasallanganlar - 15 mln 627 ming kishi.

Keyingi oʻrinda AQSH: kasallanganlar 33 mln 715 mingdan ortiq. Fransiya va Turkiya davlatlarida ham epidemiologik vaziyat ogʻirligicha saqlanib qolmoqda.

Rossiya davlati murakkkab epidemiologik vaziyatdan barqaror vaziyatga oʻtdi. Umumiy kasallanganlar soni 4 mln 940 mingdan ortiq; kunlik 8554 nafarni tashkil etmoqda.