Hindistonlik matematika o'qituvchisi Bilol Ahmad noodatiy elektromobil yaratdi. U buni 11 yil davomida eski Nissan Micra asosida ishlab chiqdi.
Ixtirochi o'zining Nissan Micra avtomobilini o'zgartirdi, dvigatelni elektr motoriga almashtirdi, samarali quvvat bilan ta'minlaydigan quyosh panellarini o'rnatdi. Buning uchun 19 ming dollar sarfladi.
“Men loyihani boshlaganimda va uni tugatganimdan keyin ham hech kim menga moliyaviy yordam bermadi. Agar kerakli yordamni olganimda, balki hindistonlik Ilon Mask bo'lardim”, deydi Ahmad.
U avtomobillarga monokristalli quyosh panellarini o'rnatdi, ulardagi har bir fotoelektrik element kremniy kristallidan tayyorlanadi. Bunday batareyalar boshqalarga qaraganda ko'proq kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Bundan tashqari, avtomobil o'ziga xos detallarga – afsonaviy DeLorean DMC-12 kabi “chayka qanotlari”ga ega. Ular iloji boricha ko'proq quyosh nurini yig'ish xususiyatiga ega.