O'rta maktab o'quvchilari imtihondan so'ng maktabdan qaytayotganlarida yomg'ir yog'a boshladi. Ular daraxt tagiga panoh topishdi. Yashin urishi oqibatida olti nafar o'smir va ikki nafar katta yoshli odam halok bo'ldi. Bir o'quvchi og'ir jarohatlandi.
Chxattisgarx hukumati qurbonlarning oilalariga 400 ming hind rupiyasi (taxminan 4,8 ming dollar) miqdorida tovon puli to'lashini ma'lum qildi.
Milliy jinoyatlarni qayd etish byurosi tadqiqotiga ko'ra, Hindistonda 2010-yildan 2020-yilgacha bo'lgan davrda yashin urishi bilan bog'liq o'lim keskin o'sgan. Hindistonda har yili yashin urishi oqibatida 2 mingga yaqin odam halok bo'ladi, deb xabar beradi report.az.