“Hisor” davlat qoʻriqxonasida boʻrilar fotoqopqonga tushib qoldi

    Yashil sayyora 5 Fevral 2025 408

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar Departamenti “Hisor” davlat qoʻriqxonasi Qizilsuv boʻlimi qoʻriqlash xodimlari tomonidan oʻrnatilgan videoqopqon obyektiviga boʻrilar muhrlandi.

    Boʻrilar tashqi koʻrinishdan yirik itga oʻxshaydi.Tanasi baquvvat, oyoqlari uzun, boshi keng peshonali uchli tumshuqli, chekkasida soqolli, uchli uchburchak qulogʻi va keng joylashgan koʻzlari mavjud.

    Boʻrining panjasi itnikiga qaraganda choʻzilgan, ikki barmogʻi oldinga qaragan. Boʻrining balandligi 60-85 sm, tanasining uzunligi 100-160 sm, dum uzunligi 35-50 sm va ogʻirligi 30-50 kgga yetadi. Katta erkaklari urgʻochilardan 20% ga yirikroq.

    Kuzatishlar natijasiga koʻra boʻrilar bugungi kunda qoʻriqxonaning Gʻyelon, Miraki, Tanxozdaryo, Qizilsuv boʻlimlarida uchraydi.