Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Turkiston silovsini Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga, TMXI (Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi) Qizil roʻyxati va CITES konvensiyasining II ilovasiga kiritilgan.
Hozirgi kunda kamyob tur hisoblanib, umumiy soni taxminan 300 tani tashkil etadi. Oʻzbekistonning Hisor, Chotqol, Zomin, Surxon qoʻriqxonalarida, Ugom-Chotqol milliy tabiat bogʻida muhofazaga olingan.