Eng yuqori koʻrsatkichli viloyatlar reytingida Navoiy viloyati (87 ball) yetakchilik qilmoqda. Eng past koʻrsatkich Surxondaryoda (66 ball) qayd etilgan.

Koʻrsatkichlari eng yuqori tuman (shahar)lar reytingida respublikadagi 205ta tuman orasida Qorovulbozor tumani (Buxoro) 98,2 ball bilan 1-oʻrinni egallagan. Koʻrsatkichlari eng quyi tuman (shahar)lar reytingida Sariosiyo tumani (Surxondaryo) 1-oʻrinni egallagan (60,8 ball).

Hokim oʻrinbosarlari reytingida Navoiy viloyatining Gʻazgʻon shahri 1-oʻrinni egallagan.