Davlatimiz rahbari yana bir muhim masalaga toʻxtaldi.
Butun respublikada aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish boʻyicha katta tadbir boshlangan.
Hozirgacha jami 7 million 613 ming xonadondan 4 million 776 mingi roʻyxatdan oʻtdi. Lekin bu boradagi ishlar Toshkent shahri, Fargʻona, Surxondaryo, Buxoro, Toshkent viloyatida sekin kechmoqda.
«Bunday muhim tadbir 37-yil ichida birinchi marta oʻtkazilyapti.
Roʻyxatga olish – har bir mahalla, har bir oilaning real holatini aniqlash, kelgusi rejalarni shunga qarab belgilash, eng asosiysi, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan samarali mexanizmlarni yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi», – dedi davlatimiz rahbari va barcha yurtdoshlarimizni roʻyxatga olishda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Yigʻilishda tuman hokimlari, mahalla raislari, hokim yordamchilarining hisobot va takliflari tinglandi.