Bu borada qishloq xoʻjaligining barcha tarmoqlari, avvalo, meva-sabzavotchilikni intensiv rivojlantirish, yangi urugʻ navlarini yaratib, importni 50 foizga qisqartirish boʻyicha dasturlar bor.
Hukumat bu dasturlar ijrosini taʼminlab, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishni 1,3 barobar oshirish, har gektar yerdan olinadigan oʻrtacha daromadni 5 ming dollarga yetkazish, sohada eksport hajmi 10 milliard dollardan iborat boʻlishi, suv tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yer maydonlarini 2 karra oshirish boʻyicha ishni samarali tashkil etishi zarur.
Yangi yilda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishga 5 trillion soʻm, kanallarni betonlashga 800 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.