“Hududgaz Toshkent” rahbari nega qoʻyib yuborildi?

    Mamlakatimizda 19 Yanvar 2023 1228

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Hududgaz Toshkent” rahbari Muzaffar Aliyevning qamoqdan ozod qilinganligi hamda ish joyida faoliyat olib borayotgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

    Toshkent viloyati prokuraturasi bu boʻyicha rasmiy bayonot bilan chiqdi.

    Maʼlum qilinishicha, tergov harakatlari davomida M.Aliyevga nisbatan qoʻllanilgan “qamoq“ ehtiyot chorasi “garov” ehtiyot chorasiga oʻzgartirilgan.

    Bundan tashqari, M.Aliyevning lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida Jinoyat ishlari boʻyicha sudning ajrimi mavjud.

    “Tergovga aralashish va toʻsqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, deyiladi bayonotda.