Unga ko'ra, Farg'ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo'limi xodimlari viloyat DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Qo'qon shahrida o'tkazilgan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo'yishga qaratilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida fuqaro yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko'zdan kechirildi.
Natijada, xonadonda hovlisida texnika xavfsizligi qoidalarini qo'pol ravishda buzib o'zi va o'zgalar hayotiga xavf solgan holda saqlanayotgan xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo'lmagan dastlabki qiymati 407 million so'mlik 2 turdagi jami 5 mingdan ziyod pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.