HUMO kartalardan yirik miqdorda pul oʻgʻirlangani rostmi?

    Ижтимоий тармоқларда тарқалган ҳолат юзасидан Humo тўлов тизими изоҳ берди.

    Bir nechta ijtimoiy tarmoq sahifalarida, xususan, Telegram kanallarda goʻyoki xakerlar Oʻzbekiston banklariga hujum qilgani va HUMO kartalardan yirik miqdorda pul oʻgʻirlaganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

    Milliy banklararo protsessing markazi maʼlum qilishicha, ushbu maʼlumotlar yolgʻon va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. HUMO toʻlov tizimi barcha xavfsizlik talablariga javob beradi va tizimga bevosita hech qanday kiberhujum sodir boʻlmagan.

    “Shuningdek, ijtimoiy tarmoq faollaridan tekshirilmagan va yolgʻon maʼlumotlarni tarqatmasliklarini soʻraymiz. Eslatib oʻtamiz, aholi oʻrtasida yolgʻon axborot tarqatganlik uchun javobgarlik”, deyiladi xabarda.

    Shuningdek, Markaziy bank ham bunday xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini, banklar va toʻlov tizimlariga hech qanday kiberhujum boʻlmaganligini hamda ayni paytda tijorat banklari va toʻlov tizimlarining faoliyati barcha xavfsizlik talablariga javob berishini maʼlum qildi.