Ushbu bepul onlayn oʻquv kurslari Oliy Majlis Senatining 2021-yil 28-maydagi SQ-297-IV-son qarori bilan tasdiqlangan Dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Muborak gazni qayta ishlash zavodida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun ham ushbu elektron platformadan foydalanish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi. Oʻquv mashgʻuloti davomida kurslar.huquqiyportal.uz saytidan foydalanish toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va bilimlar berildi.

Ushbu kurslar 5 ta darsdan iborat boʻlib, ularda gender tengligi, ayollarga jazolarni qoʻllashdagi cheklovlar, ipoteka krediti uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar, pensiyaga chiqish tartibi, mehnat bilan bogʻliq munosabatlar, arzon uy-joylar uchun imtiyozli ipoteka kreditining olish tartiblari oʻrgatiladi.

Shuningdek, ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir chora-tadbirlar, Himoya orderini berish tartibi boʻyicha ham maʼruzalar oʻqiladi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati