Ahamiyatlisi, roʻyxatdan Oʻzbekiston milliy va Olimpiya terma jamoasi vakili, legionerimiz Ibrohimhalil Yoʻldoshev ham oʻrin egallagan. Vakilimiz “Nyukasl” vakili Garang Kuol (Avstraliya), MYU futbolchisi Zidan Iqbol (Iroq), “Xall Siti” aʼzosi Allohyor Saidmanesh (Eron) kabi taniqli tengqurlari bilan bir qatorda eʼtirof etildi.
OFK hamyurtimizga quyidagicha taʼrif berdi:
“Ibrohimhalil Yoʻldoshev — Osiyo Chempionlar ligasi bahslarini kuzatib boradigan muxlislar Ibrohimhalil Yoʻldoshevni 2021-yilda ”Paxtakor“ning chap qanot himoyachisi pozitsiyasida oʻtkazgan ajoyib oʻyinlaridan soʻng qitʼaning eng isteʼdodli yoshlaridan biri sifatida biladi. Shundan beri u Oʻzbekiston m.t.j. tarkibida 12 ta oʻyinda maydonga tushdi, Rossiya Premyer ligasi ishtirokchisi ”Nijniy Novgorod“ klubiga koʻchib oʻtdi va oʻz ustida ishlashda davom etdi”.