Oʻzbekiston Hukumati Xalqaro Paxta Kengashi (ICAC) va taʼminot zanjirida shaffoflikni taʼminlashga ixtisoslashgan Bizpando kompaniyasi bilan hamkorlikda paxta yetishtirishda regenerativ qishloq xoʻjaligi dasturini amalga oshirish maqsadida 55 ming gektar yer ajratdi.
2025-yil 21–23-oktyabr kunlari ICAC bosh ilmiy maslahatchisi doktor Keshav Kranti Toshkentdagi Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutida nazariy va amaliy mashgʻulotlarni oʻz ichiga olgan uch kunlik oʻquv dasturini oʻtkazdi. Unda mamlakatimizdan 50 nafar olim va davlat rasmiylari ishtirok etdi.
2025-yil 24-oktyabr kuni esa Jizzaxda doktor Kranti va doktor Abduraxmonov tomonidan 98 nafar fermer uchun bir kunlik amaliyotiy dala mashgʻuloti tashkil etildi. Bizpando vakillari Jasper Bxovmik va Mark Li ham ushbu oʻquv jarayonlarida qatnashdi.
Shuningdek, Qishloq xoʻjaligi vaziri, doktor Ibrohim Abduraxmonov, vazirlik masʼullari Javlon Raimov va Abrorbek Qosimov bilan birga Vashington shahridagi ICAC shtab-kvartirasini tashrif buyurib, doktor Abduraxmonov, doktor Kranti va Bizpando kompaniyasi bosh direktori Jasper Bxovmik oʻzaro hamkorlik haqidagi anglashuv memorandumini imzoladilar.
Hozirda Qishloq xoʻjaligi vazirligi doktor Kranti rahbarligida karbon sinovlarini oʻtkazadigan laboratoriyalarni akkreditatsiya va sertifikatlashtirish ishlarini olib bormoqda. Bu borada test standartlari va akkreditatsiya talablari boʻyicha texnik yordam koʻrsatilmoqda.
Shu bilan birga, vazirlik Bizpando kompaniyasiga karbon toʻlovlari jarayonini yoʻlga qoʻyish uchun ishtirokchi fermerlar roʻyxatini taqdim etdi. Bizpando 2025-yil 17–21-noyabr kunlari Mark Lini Oʻzbekistonga yuborib, fermerlar va davlat rasmiylariga karbon kreditlarini tasdiqlash va toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha hujjatlashtirish jarayonlari boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻtkazishi belgilangan.








