Unda I.Abdurahmonov markaz bosh direktori Tarifa Al-Zaabi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar 5,1 million AQSH dollari qiymatiga ega boʻlgan ikki tomonlama imzolangan Orolboʻyi hududida qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish ishlari muhokama etildi.
Shuningdek, Orolboʻyi hududida qurgʻoqchilik va suvsizlikka chidamli oʻsimlik navlarini yetishtirish va ulardan qishloq xoʻjalagida foydalanish boʻyicha qoʻshma izlanishlarni tashkil etish va buni hamkorlikda moliyalashtirish imkoniyatlarini oʻrganib chiqishga kelishib oldi.
Delegatsiya aʼzolari 100 gektar maydonda joylashgan ICBA tadqiqot uchastkalari va laboratoriyalar faoliyati, ularda amalga oshirilayotgan sinov ishlari va yangi texnologiyalar bilan tanishdilar.
Tashrif davom etmoqda, deya xabar bermoqda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati.