Mazkur ekspeditsiya Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetida (“Green University”) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Shinjon ekologiya va geografiya instituti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Tadbirda Orolboʻyida ekologik inqirozning salbiy oqibatlarini tushunish va yumshatishda ekspeditsiyaning roli muhim ekanligi taʼkidlandi.
Taʼkidlash joizki, mazkur ekspeditsiya doirasida ekotizim, tuproq, shuningdek, mintaqa bioxilma-xilligi holatidagi oʻzgarishlarni oʻrganishga qaratilgan tadqiqotlar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, ekspeditsiya davomida bir qancha ilmiy maqsadlar — mikroorganizmlarning biologik xilma-xilligini, tuproq tarkibini va foydali qazilma konlarini oʻrganish koʻzda tutilgani taʼkidlandi. Chunki hozir Orol dengizi tubidan toʻplangan tuz nafaqat eng yaqin hududlarga, balki Xitoy, Gʻarb va boshqa olis hududlarga ham tarqalayotganini koʻrinib turibdi.
Tadbir davomida tashkilotchilar, jumladan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti va Shinjon Ekologiya va geografiya instituti vakillariga ekspeditsiyaning rasmiy boshlanishi ramzi boʻlgan bayroqlar topshirildi.
Tadbir guruh aʼzolariga norasmiy muzokaralar oʻtkazish va boʻlajak ekspeditsiya boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlar uchun asos yaratish imkonini beruvchi sessiya bilan yakunlandi, deb xabar beradi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi matbuot xizmati.