«Respublika hududlarini ichimlik suvi bilan taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida Xalqaro moliya institutlarining, jumladan Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki, Jahon banki, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki, Yevropa investitsiya banki, Arab muvofiqlashtirish guruhiga kiruvchi Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va OPEK jamgʻarmalarining imtiyozli mablagʻlari jalb qilinmoqda.
Mamlakatimizda ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini rivojlashtirish yuzasidan Xalqaro moliya institutlari ishtirokida joriy 2021-yilda umumiy qiymati 2 350,6 mln. dollarga teng boʻlgan jami 22 ta investitsiya loyihalaci amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, bundan 201,1 mln. doll. oʻzlashtirish koʻzda tutilmoqda.
Ushbu 22 ta loyiha quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirilmoqda:
▪️1997,8 mln. dollar (85%) Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan;
▪️352,8 mln. dollar (15%) davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi (soliq, bojxona toʻlovlari buyicha imtiyozlar va h.k.).
22 ta loyihadan 16 ta loyiha yildan yilga oʻtuvchi, 6 ta loyiha esa yangi hisoblanadi.
Amalda joriy yilning yanvar-aprel oylarida 27,7 mln. dollar miqdorida xalqaro moliya institutlarining qarz mablagʻlari oʻzlashtirilib, belgilangan prognoz koʻrsatkich 100,3 foizga bajarildi.
Oʻzlashtirilgan qarz mablagʻlarining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (jami hajmga nisbatan 31,4 foiz yoki 8,7 mln. dollar),
Jahon banki (30,2 foiz yoki 8,4 mln. dollar), Islom taraqqiyot banki (27,2 foiz yoki 7,5 mln. dollar), Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi (6,6 foiz yoki 1,8 mln. dollar) hamda OPEK jamgʻarmasi (4,6 foiz yoki 1,3 mln. dollar) hissasiga toʻgʻri keldi.
Ushbu mablagʻlar asosan qurilish-montaj ishlari (88,6 foiz yoki 24,4 mln. dollar), uskuna va jihozlar xarid qilish (2 foiz yoki 0,5 mln. dollar) hamda konsalting xizmatlari koʻrsatish va boshqa yoʻnalishlar (9,8 foiz yoki 2,7 mln. dollar) uchun yoʻnaltirildi».