Ichimlik suvi isteʼmolchilaridan undirilgan mablagʻlarni oʻzlashtirgan nazoratchi aniqlandi

    Isteʼmolchilaridan undirilgan 106 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.s” MCHJ tuman filiali nazoratchisi Sh.Yu. (muqaddam JKning 167-moddasi bilan sudlangan) oʻziga biriktirilgan hududdagi ichimlik suvi isteʼmolchilaridan undirilgan 106 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.