Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “F.s.t. MCHJ Rishton tumani boʻlimi muhandisi Gʻ.J. tumandagi umumiy oʻrta-taʼlim maktabining suv taʼminotidan qarzdorligi mavjud boʻlmasada, maktab direktori oʻrinbosari Sh.S.ga qarzdorligi borligini aytib, ushbu qarzdorlikni yoʻq qilib berish evaziga 3,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.