— Jinoyatchilik nimaga oshib ketyapti? Ularni panohiga olib oʻtirganlar kimlar? Har birining tagiga yetish kerak. Qonun ustivor, jazo muqarrar ekanini hamma bilishi shart.

Qoʻqonda jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha islohotlarni hali oxiriga yetkazganimiz yoʻq. Qoʻqon xalqi olib borilayotgan ishlarni his qilishi kerak.

“Uchastkovoy” bilmaydimi qayerda jinoyat boʻlganini? Endi ularni sudga sudrashni bekor qilinglar. “Uchastkovoy” jinoyatchini sudga olib borish uchun yarim kunlab vaqt yoʻqotmasin.

Men ichki ishlar xodimlaridan minnatdorman. Pandemiya vaqtida osoyishtaligimizni taʼminlash boʻyicha ular oʻzini koʻrsatdi. Shuning uchun ularning maoshini koʻtarish, sifatli oʻqitish va yordam koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlar koʻryapmiz.

Jinoyatchilikni kamaytirsak xalq bizdan rozi boʻladi. Ilgari ikki-uch mahallaga bitta nozir bor edi. Har qancha ogʻir boʻlsa ham har bitta mahallaga ichki ishlar xodimi qoʻydik.

Agar jinoyat bilan birga korrupsiyani ham jilovlasak, rivojlanish boʻladi, — dedi Prezident.