Unga koʻra, IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020-yilda 10 152 nafarni tashkil etgan boʻlsa, joriy yilda 52 706 nafarga yetgan. Yaʼni 4-yilda 5 barobarga oʻsish kuzatilgan.
Shuningdek, 7-8 ball (C1 daraja)ni qoʻlga kiritganlar soni 2020-yilda 1807 nafarni tashkil etgan boʻlsa, 2024-yil holatiga 13 424 nafarni tashkil etmoqda. Oʻz navbatida bu 7,4 barobarga oʻsish kuzatilganini anglatadi.
8,5-9 ball (C2 daraja)ga erishganlar soni esa 2020-yilda 14 nafar boʻlgan, 2024-yil holatiga esa ularning soni 332 nafarga yetgan.
«Albatta, Prezidentimiz har tomonlama yoshlarimiz chet tillarini oʻrganishi uchun yaratayotgan imkoniyat mevasi oʻlaroq, xorijiy til imtihonlarida yuqori natija qayd etayotganlar soni nafaqat miqdor boʻyicha, balki sifat boʻyicha ham oshib bormoqda«, — deya yozadi Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati.