IIB qoʻlga olingan yana 10 nafar shaxs haqida qoʻshimcha maʼlumot berdi

    Xavfsizlik 5 Dekabr 2023 2277

    Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda koʻp miqdorda tovlamachilik) bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda.

    Mazkur jinoyat ishi doirasida oʻtkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlandi.

    Jumladan,

    1. 1983-y.t. Mirxojayev Mirsolix Mirkamolovich (165-modda 2-qismi, koʻp miqdorda tovlamachilik, 277-moddasi 2-qismi bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);

    2. 1995-y.t. Shomurodov Laziz Yunus oʻgʻli (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);

    3. 1980-y.t. Samiyev Sherzod Latifovich (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);

    4. 1991-y.t. Akramov Akramjon Davlatboy oʻgʻli (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik);

    5. 1996-y.t. Aliyev Azizjon Vali oʻgʻli (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik);

    6. 1995-y.t. Bobonazarov Ravshan Abduraxmon oʻgʻli (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik).

    7. 1995-y.t. Muminov Behruz Xolmurod oʻgʻli (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik);

    8. 1986-y.t. Yuldashev Anvar Baxtiyorovich (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);

    9. 1988-y.t. Umirzokov Dilshod Buribayevich (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);

    10. 1994-y.t. Usmanov Sirojiddin Inomjon oʻgʻli (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).

    Ushbu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yoʻli bilan pul mablagʻlarini qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritish bilan shugʻullangan.

    Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov davom etmoqda.

    Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh aʼzolaridan jabr koʻrgan boʻlsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

    Unutmang, qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar!