I–IV asrlarga oid “Xushvaqtepa” yodgorligining 12 metr/kvadrat qismi kesib olinib, hojatxona qurilgan — Bosh prokuratura

    Madaniyat 3 Noyabr 2023 527

    Surxondaryoda 4 ta arxeologiya yodgorligiga 7 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Bu haqda Bosh prokuror matbuot kotibi maʼlum qildi.

    Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 4 ta arxeologiya yodgorligiga 7 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi. Xususan:

    -mil. avv. V–I asrlarga oid “Tallagan tepa” yodgorligining 40 metr/kvadrat qismi kesib olinib, avtomobil yoʻli oʻtkazilishi oqibatida 888 mln soʻmlik;

    -V–VIII asrlarga oid “Gʻoʻrintepa” yodgorligining 200 metr/kvadrat qismi buzilib, uy-joylar qurib yuborilishi oqibatida 4,7 mlrd soʻmlik;

    -I–IV asrlarga oid “Xushvaqtepa” yodgorligining 12 metr/kvadrat qismi kesib olinib, hojatxona qurilganligi oqibatida 266 mln soʻmlik;

    -V–VII asrlarga oid “Toshtepa” yodgorligining 56 metr/kvadrat tuproqlari kesib olinib, molxona qurilganligi oqibatida 1,2 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan.

    Aniqlangan holat yuzasidan tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.