Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIB Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan F.M. fuqaro Ya.E.ni 3 000 AQSH dollari evaziga IIV Qorovul qoʻshinlariga ishga kiritib quyishni vaʼda qilib, shundan 17 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.